Qo‘shiqchi Jennifer Lopes Nyu-Yorkda 22 million dollarga pentxaus sotib oldi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua. U Bill va Hillari Klintonlarning qizi — Chelsi Klintonning yangi qo‘shnisiga aylandi.
Ikki qavatni egallagan 580 metr² maydonga ega uyda to‘rtta yotoqxona, oltita vannaxona bor. Uydan Medison-skver bog‘i manzarasi ko‘rinib turadi. Xonadonda, shuningdek trenajyor zali va shaxsiy lift mavjud.
Xonandaning yangi uyiga uy egasiga o‘z iPhone va iPad’lari yordamida yorug‘lik, musiqa va isitish tizimini boshqarish imkonini beruvchi “aqlli uy” tizimi o‘rnatilgan.