Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) ma’muriyati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, muassasada ta’lim olish uchun belgilangan narx ikki yildan buyon oshirilmayapti. Bu haqda “Anhor” xabar bermoqda.
TXVUda bakalavriat yo‘nalishida ta’lim narxi bir o‘quv yili uchun O‘zbekiston fuqarolariga 5220 AQSh dollari, xorijiy davlatlar fuqarolariga 5520 dollarni tashkil etadi. Magistratura yo‘nalishida esa to‘liq kurs uchun ta’lim narxi O‘zbekiston fuqarolari uchun 10 260 dollar, xorijliklar uchun esa 11 250 dollarga teng.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyining boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasa (OTM)larida bir yillik o‘qish qiymati oshib, 2014/2015 o‘quv yilida bakalavriatdagi eng qimmat ta’lim yo‘nalishlari xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda huquq bo‘lib qolgan — ularda bir yillik o‘qish puli 7,45 million so‘m (O‘zR Markaziy banki kursiga ko‘ra 2030 AQSh dollari) etib belgilangan.
Izoh (0)