12-avgust tongda Toshkent shahrida joylashgan “Chinni bozor”da yong‘in sodir bo‘ldi. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari yozishicha, bozorning chap yarmidagi 2-qatordan 11-qatorgacha bo‘lgan do‘konlarning barchasi yonib ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, falokat 4 dan keyin ro‘y bergan. “Bozor tonggi 3 larda ishlayotgan edi. Yong‘in tufayli 4 dan keyin yo‘llar yopildi”, — dedi guruh a’zolaridan biri.
O‘sha bozorda do‘koni borligini ta’kidlagan foydalanuvchi yong‘inning elektr simlaridagi nosozlik tufayli kelib chiqqanini qayd etgan. “Ikki kun avval kichik yong‘in yuz bergan edi, demak kamchilikni oxirigacha tuzatishmagan”, — deb yozadi u.
Postga bildirilgan fikrlarda yong‘in tufayli kasodga uchragan do‘kondorlarga hamdardlik bildirishgan. Ba’zi foydalanuvchilar esa qurbonlar yo‘qligiga shukur qilish kerakligini, bozorlar yana qurilaverishini ta’kidlagan.
Yong‘in haqida hech qayerda rasmiy xabar berilganicha yo‘q.
Qo‘shimcha (12-avgust, soat 11:11). Twitter foydalanuvchilarining ta’kidlashicha, yong‘in tong soat 4 da emas, balki 12-avgust soat 00:50 atrofida boshlangan.
Yong‘in haqida rasmiy ma’lumot tarqatilishi bilan alohida xabar beramiz.Айтишларича, Чинни бозорда яхшигина ёнғин чиқибди.
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) August 11, 2014
Ўзинг ўт балосидан, сув балосидан, туҳмат балосидан асра.
Ҳеч кимга зиён етмаган бўсин.
Izoh (0)