Rossiya mudofaa vazirligi 4—8-avgust kunlari harbiy-havo kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaa qismlarining keng ko‘lamdagi harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Ular Astraxan viloyatida Ukraina chegarasidan ming kilometrdan kam masofada joylashgan Ashuluk poligonida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Samolyotlar G‘arbiy harbiy okrugdan Markaziyga ko‘chirib o‘tkaziladi, vazifalarni bajarish uchun Armavir, Krimsk, Mozdok, Morozovsk aerodromlaridan foydalaniladi. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, yuzga yaqin samolyotlar, jumladan Su-34 qiruvchi va Su-24 bombardimonchi samolyotlari jalb etiladi.
Ukraina sharqida harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Rossiya chegara yaqinida bir necha marta o‘quv mashqlarini o‘tkazdi. Ukraina rahbariyati, shuningdek AQSh va Yevropa mamlakatlari bunday mashqlarni g‘arbdagi qo‘shni uchun tahdid deb baholab, bu xususida bir necha bora xavotir bildirgan.
Izoh (0)