Ukrainaning Donetsk viloyatidagi “Boing-777” qulagan joyda “qora quti”lar topilgan. Bu haqda voqea joyidagi mutaxassislar bergan ma’lumotga tayanib, Gazeta.ru xabar berdi.
Avvalroq rossiyaparast ayirmachilar bortdagi o‘ziyozarlarni tadqiq qilish uchun Moskvaga topshirmoqchi ekanliklarini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina-Rossiya chegarasi yaqinida Malayziyaga tegishli “Boing-777” yo‘lovchi samolyoti quladi. Layner hozirgi vaqtda jangovar harakatlar ketayotgan Donetsk yaqinidagi Snejnoye aholi punkti yaqinida qulagan. Samolyot bortida 280 nafar yo‘lovchi va ekipajning 15 nafar a’zosi bo‘lgan. Qayd etishlaricha, samolyot 10 kilometr balandlikda parvoz qilayotgan bo‘lgan.
“ITAR-TASS” axborot agentligining Rossiya aviadispetcherlik doiralaridagi manbalariga asoslanib xabar berishicha, samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.
Izoh (0)