Associated Press axborot agentligi muxbirlari 17-iyul, payshanba kuni ayirmachilar qo‘li ostida bo‘lgan “Donetsk xalq respublikasi”da 10 km yuqoridagi nishonlarni urib tushirishga qodir bo‘lgan “Buk” raketa komplekslarini ko‘rgan. Bu haqda AP o‘z saytida xabar berdi.
Malaysia Airlines'ning “Boing-777” rusumli samolyoti aynan “Buk” raketalari bilan urish tushirilgani haqida “Interfaks-Ukraina” axborot agentligi xabar berdi.
Tan olinmagan “Donetsk xalq respublikasi” unda “Buk” raketalari borligi haqidagi xabarlarni o‘z tvitteridan o‘chirib tashladi. Ammo bu tvit Google keshida saqlanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina-Rossiya chegarasi yaqinida Malayziyaga tegishli “Boing-777” yo‘lovchi samolyoti quladi. Layner hozirgi vaqtda janogvar harkatlar ketayotgan Donetsk yaqinidagi Snejnoye aholi punkti yaqinida qulagan. Samolyot bortida 280 nafar yo‘lovchi va ekipajning 15 nafar a’zosi bo‘lgan. Qayd etishlaricha, samolyot 10 kilometr balandlikda parvoz qilayotgan bo‘lgan.
“ITAR-TASS” axborot agentligining Rossiya aviadispetcherlik doiralaridagi manbalariga asoslanib xabar berishicha, samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.
Izoh (0)