Jahon chempionati musobaqasining dastlabki yarim finali deya e’tirof etilgan Braziliya hamda Germaniya terma jamoalari o‘rtasiga uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 1:7 hisobi qayd etilib, Yevropa vakillarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Tomas Myuller boshlab bergan gollarni Kloze, Kroos, Xedira va Shyurlelar davom ettirishdi. O‘yin oxirlarida Oskar bitta javob to‘pini yo‘llay oldi.
Finalga Germaniya yo‘l oladi. Aniqki, bu fakt Gollandiya va Argentina vakillarini biroz cho‘chitadi. Nailoj, ulardan biri finalda nemis mashinasiga qarshi turib berishi kerak bo‘ladi.
Jahon chempionati, yarim finalBraziliya – Germaniya — 1:7Gollar: 0:1 – 11 Myuller, 0:2 – 23 Kloze, 0:3 – 24 Kroos, 0:4 – 26 Kroos, 0:5 – 29 Xedira, 0:6 – 69 Shyurrle, 0:7 – 79 Shyurrle, 1:7 – 90 Oskar.Braziliya – Julio Sezar, Maykon, David Luiz, Dante, Marselo, L. Gustavo, Fernandino (Paulino, 46), Xalk (Ramires, 46), Oskar, Bernard, Fred (Villian, 70).Germaniya – Noyer, Lam, Dj.Boateng, Xummels (Mertesaker, 46), Xevedes, Xedira (Draksler, 76), Shvaynshtayger, Myuller, Kroos, Ozil, Kloze (Shyurrle, 58).Ogohlantirishlar: Dante (68).
Izoh (0)