Worldreferee.com sayti muxbirlari Ermatovning Gollandiya va Kosta-Rika termalari uchrashuvidagi hakamligini 6 ball bilan baholadi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar esa o‘zbekistonlik referiga 8,4 ball qo‘yishdi.
UzDaily xabar berganidek, sayt foydalanuvchilarining ta’kidlashicha, Ermatov, umuman olganda, matchga yaxshi hakamlik qildi, biroq Kosta-Rika o‘yinchisiga ikkinchi sariq kartochkani ham ko‘rsatishi kerak edi.
Ayni paytda Ermatov 7,8 ochko bilan Braziliyadagi jahon chempionatining eng yaxshi arbitriga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarni gollandiyalik Byorn Kuypers va italiyalik Nikola Ritssoli (7,6 balldan) egallab turibdi.