Jahon chempionati “E” guruhining ikkinchi bahsida Fransiya Gondurasga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi, deya xabar beradi Uff.uz.
Gonduras uchun barcha muammolar ikkinchi bo‘lim oxirida boshlandi. Avvaliga Palasios maydondan chetlatildi, so‘ngra penalti belgilangandi. Bu o‘rinda gonduraslik futbolchi o‘z jarima maydonchasi ichida Pol Pogbaga nisbatan qoidani buzgan edi. Palasios to‘pni to‘xtatib olayotgan Pogbani ortidan turtib yiqitdi va buning uchun sariq kartochkaga munosib ko‘rildi. Bu kartochka uning hisobidagi ikkinchisi bo‘lgani sababli, ortidan qizil kartochka ham olib, maydondan chiqib ketdi. Penaltini esa Benzema aniq bajarib hisobni ochdi.
Kamiga ikkichi bo‘lim boshida Valyadares hisobiga avtogol yozildi. Bu o‘rinda ilk bora golni aniqlash tizimidan foydalanilganini ta’kidlab o‘tish lozim. 72-daqiqada Benzema tomonidan kiritilgan ikkinchi gol Fransiyaga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi. Fransiya Benzemaning dubli va Valyaradesning avtogoli bilan Gonduras ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
JCh-2014, “E” guruhiFransiya – Gonduras 3:0 (1:0, 2:0)Gollar: 1:0 – 45, penalti Benzema, 2:0 – 48, avtogol Valyadares, 3:0 – 72 Benzema.Fransiya – Loris, Debyushi, Varan, M. Sako, Evra, Pogba (Sissoko, 57), Matyuidi, Kabay (Mavuba, 65), Valbuena (Jiru, 78), Grizmann, Benzema.Gonduras – Valyadares, Bekeles, Bernardes (O. Chaves, 46), Figeroa, Izagirre, Palasios, Garrido, Naxar (Klaros, 58), Espinoza, Bengtson (O. Garsiya, 46), Kostli.Ogohlantirishlar: Evra (7), Pogba (27), Palasios (28), Kabay (45), O. Garsiya (53), Garrido (83).Chetlatish: Palasios (43).
Izoh (0)