O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov bugun, 10-iyun kuni “Krasnodar” klubi bilan shartnoma imzolash uchun klub ofisiga tashrif buyurdi. Tomonlar bu borada o‘zaro kelishuvga erishishgan. Shartnoma imzolangani haqida ertaga rasman e’lon qilinadi, deb yozadi Uff.uz.
Avvalroq, “Anji” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov “Krasnodar” klubiga o‘tayotgani haqida xabar berilgan edi.
Odil Ahmedov 2012/13-yilgi mavsumda “Anji” tarkibida Rossiya chempionati bronza medallariga ega bo‘lgan. Ammo o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Anji” Premyer ligani tark etdi. “Krasnodar” klubi esa mavsum yakunida musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egalladi.
Izoh (0)