AQShlik mashhur qo‘shiqchi Stivi Uanderning Another Star qo‘shig‘i 12-iyun kuni Braziliyaning San-Paulu shahrida ochiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida musiqiy mavzu sifatida tanlandi. Kompozitsiya chempionatning barcha dasturlari boshlanishida yangraydi, deya xabar berdi BBC News. Uander birinchi marta o‘z qo‘shiqlaridan birining bunday tarzda qo‘llanilishiga ruxsat berdi.
Another Star ilk bor 1967-yilda kuylangan. Uander 2014-yil yanvarida “Gremmi” musiqiy mukofotlarini topshirish marosimida ushbu qo‘shiqni Daft Punk guruhi bilan birga ijro etgach, unga qaytadan qiziqish ortdi.
Bundan avvalgi futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida Shakira, The Dallas Guild qo‘shiqlari, Jakomo Puchchini va Gabriel Fore kompozitsiyalaridan foydalanilgan.