KXDRda AQSh fuqarosi hibsga olindi. U o‘zining mehmonxona nomerida Injil kitobini qoldirib ketganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Koreya Markaziy telegraf agentligi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda. “29-aprel kuni KXDRga sayyoh sifatida tashrif buyurgan AQSh fuqarosi mamlakatimiz qonunlarini buzadigan xatti-harakatlarni amalga oshirdi”, — deyiladi xabarda.Shimoliy Koreyada ayni paytgacha hibsga olingan AQSh fuqarolari uch nafarga yetdi.
Shvetsiyaning Pxenyandagi elchixonasi ularning ozod etilishi ustida ish olib bormoqda. U KXDRda AQSh tomonidan vakillik qilmoqda.