Google korporatsiyasi 3D-suratlarni tushira oladigan planshet ishlab chiqmoqda, deya xabar berdi Gazeta.ru The Wall Street Journal tarqatgan ma’lumotga tayanib.
Nashrning manbasi ta’kidlashicha, qurilma 7 dyuymli displey, orqa paneldagi ikkita kamera, infraqizil uzoqlik datchiklari va eng so‘nggi dasturiy ta’minot bilan jihozlanadi. Bunday planshetlar obyektlarning aniq uch o‘lchamli suratini muhrlay oladi.
Google iyundan boshlab bunday qurilmalardan 4 mingtaga yaqinini ishlab chiqaradi. Ushbu planshetlar kompaniyaning Project Tango tadqiqot loyihasi doirasida ishlab chiqilmoqda.
Yangi planshet iyun oxiriga mo‘ljallangan Google ishlab chiquvchilari uchun an’anaviy anjuman arafasida taqdim etilishi mumkin.