Ukraina va uning atrofida vaziyat jiddiylashgani sababli NATO Qora dengizga o‘z kuchlarini kiritishni jadallashtirdi. Yaqin orada hududda qudratli harbiy guruh yuzaga keladi, deb yozadi Vesti.ru.
10-aprel kuni Qora dengizga AQSh Harbiy dengiz kuchlariga qarashli, bortida Aegis raketaga qarshi tizimi bo‘lgan “Donald Kuk” esminetsi kirib keldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 11-aprelda dengizga yana “Dyupyui-de-Lom” katta razvedkachi kemasi yetib keladi, deya xabar qiladi “Rossiya 24” telekanali. Shuningdek, 14-aprelda Fransiya HDKga tegishli “Dyupleks” esminetsi ham kiritilishi haqida xabarlar mavjud.
Fransiya HDKning “Alize” qutqaruvchi kemasi mart oyining oxiridan buyon Qora dengizning janubi-g‘arbiy qismida ekanligi inobatga olinsa, 2008-yildan buyon birinchi marta Qora dengiz havzasida, Rossiya chegarasi yaqinida NATOning qudratli harbiy dengiz kuchlari yig‘ilmoqda, deyiladi xabarda.
Qora dengizda Amerikaning Aegis tizimli jangovar kemasi paydo bo‘lishini Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning o‘z kuchlarini Rossiya hududiga maksimal darajada yaqinlashtirishga intilishi sifatida baholamoqda.
Izoh (0)