Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida yashovchi Alyona Rayeva ismli qiz Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan “Dunyodagi eng chiroyli chehra” tanlovi g‘olibiga aylandi, deb yozadi Metro gazetasi.
Tanlovda Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika mamlakatlaridan 60 nafar qiz ishtirok etdi. Finalda qizlar sahnaga milliy liboslar, oqshom liboslari va cho‘milish kiyimlarida chiqdi, shuningdek, hakamlar bilan intervyu o‘tkazdi.
Alyona Rayevaga toj kiydirishdi va pul mukofoti taqdim etishdi. Undan keyingi uchta o‘rin Zambiya, Filippin va Mo‘g‘uliston vakilalariga nasib etdi.
Pul mukofoti hajmiga aniqlik kiritilmadi. Yil davomida tanlov g‘olibi xayriya aksiyalariga taklif etiladi.
Izoh (0)