FIFA mutasaddisi Rikardo Teysheyra 2018 va 2022-yilgi jahon chempionati mezbonlarini aniqlash uchun ovoz berish jarayonida pora olgani ma’lum bo‘ldi. Angliya matbuoti tomonidan xabar qilinishicha, mutasaddi bu ishni 10 yoshli qizi orqali amalga oshirgan, deb yozadi “Chempionat” nashri.
Uff.uz’ning ma’lum qilishicha, Teysheyraning 10 yoshli qizi hisob raqamiga 2011-yilda 2 million funt sterling miqdorida mablag‘ o‘tkazib berilgan. Mutasaddi 2012-yilda FIFAdan ishdan bo‘shagan va Braziliyadan Mayamiga ko‘chib o‘tgan. Chunki Braziliya politsiyasi bu voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan edi.
Taxmin qilinishicha, Teysheyra qizining hisob raqamiga pulni mutasaddining eski tanishi Sandro Rosel o‘tkazib bergan. Sandro Rosel ilgari Nike kompaniyasining Braziliyadagi bo‘limi rahbari va “Barselona” klubi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan edi.
Izoh (0)