Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining finalida “Yuventus” va “Atalanta” 15-may, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib boradi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Dushan Vlahovich hisobni ochdi. O‘yin oxiriga qadar shu hisob saqlanib qoldi va turinliklar g‘alaba qozondi.
“Yuventus” o‘z tarixida 15-marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi. Bu rekord hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinlardagi “Roma” va “Inter”da 9 tadan g‘alaba mavjud. “Byankoneri” so‘nggi bor 2021-yilda Italiya Kubogida zafar quchgandi.
Shuningdek, klub Massimiliano Allegri qaytganidan so‘ng ilk bor sovrin qo‘lga kiritdi.
Italiya Kubogi
Final
15-may, chorshanba
“Atalanta” – “Yuventus” 0:1
Gol: 0:1 – 4 Vlahovich.
“Atalanta”: Karnezekki, Zappakosta (Hatebur, 59), Jimshiti, Xin (Skalvini, 59), de Ron (Toloi, 65), Rujeri, Pashalich (Miranchuk, 59), Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Ture, 46), Lukman.
“Yuventus”: Perin, Kambyazo (Vea, 81), Danilo, Bremer, Gatti, Rabyo, Nikolussi-Kavilya (Miretti, 62), Makkenni, Kyeza (Yildiz, 69), Vlahovich (Milik, 81), Ayling.
Ogohlantirishlar: Xin (17), Vlahovich (55), Jimshiti (78), Bremer (90), Toloi (90+6).
Izoh (0)