AQSHning Texas shtatida yashovchi 106 yoshli Alfred Blashke parashyutdan sakrab, Ginnes rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.
Alfred 1917-yilda tavallud topgan va ilk bor 2017-yilda o‘zining 100 yillik yubileyi munosabati bilan parashyutdan sakragan. Oradan uch yil o‘tgach, pensioner yana bir bor shu ishni amalga oshirishga qaror qildi va 4 ming metrdan oshiq balandlikdan sakrab, jahon rekordini o‘rnatdi. Shu tariqa Alfred egizak nabiralarining kollejni bitirganini nishonladi.
Bu mening katta orzum edi. Shu yoshgacha umr ko‘rib, orzumni amalga oshiraman, deb hech o‘ylamagandim, — deydi Blashke.
2022-yilda uning rekordini 104 yoshli Doroti Hoffner ismli amerikalik yangiladi. Keksa ayol qo‘ltiqtayoq yordamida harakat qilardi. Ammo sakkiz kundan keyin u qariyalar uyida uyqusida vafot etdi. Hoffner Ginnesning rekordlar kitobidagi muvaffaqiyatining rasmiy tasdiqlanishini ko‘rolmay ketdi.
Alfred Blashke 2023-yilning noyabrida Hoffnerning rekordini yangilashga qaror qilgan va Texas gubernatori Greg Ebbott bilan birgalikda sakragan. Yerda esa uni farzandlari va nabiralari, shuningdek, OAV vakillari kuzatib turdi.
Jurnalistlarga taassurotlari bilan bo‘lishar ekan, Alfred shunday dedi:
Agar biror ish qo‘limdan kelmaydi, deb o‘ylasangiz, shunchaki o‘zingizni yetarlicha yuqori baholamagan bo‘lasiz. Ba’zan tavakkal qilib, istagan ishingizni bajarib ko‘rishingiz kerak.
Izoh (0)