Toshkent shahrining ikki tumani: Bektemir va Uchtepada elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 1-may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Iyk ota” hamda “Gulbog‘” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
- Uchtepa tumani: 18-sonli Avtosaroy va “Nayman”, “O‘rikzor”, “Sakkokiy”, “Ko‘rkamobod”, “Sharof”, “Taqachi” hamda “Beshqayrag‘och” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Izoh (0)