Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, agar AQSH Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 50 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratishi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda u jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Agar Amerikaning mablag‘i bo‘lmasa, Yevropa Ukrainani moliyalashtirishning yangi yechimlarini topishi kerak bo‘ladi, — dedi Fransiya rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 50 milliard yevro ajratishga kelishib olgan.
Agar AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etmasa, Yevropa ko‘proq mablag‘ ajratishi kerak bo‘ladi, — dedi Makron.
Fransiya rahbari avvalroq respublika harbiy-sanoat majmuasi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvda harbiy iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirishni talab qilgan edi.
Izoh (0)