Hindistonda 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC).
Seysmologlarning maʼlumotlariga ko‘ra, zilzila taxminan 174 ming kishi istiqomat qiluvchi Hindistonning Pathankot shahridan 147 kilometr shimoli-g‘arbda sodir bo‘lgan.
Zilzila manbayi 21 kilometr chuqurlikda joylashgani xabar qilinmoqda. Zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qurbonlar va vayronalar haqida hozircha ma'lumot yo'q.
Kecha, 3-aprel kuni Tayvanda ikkita kuchli —7,5 va 6,6 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Zilzila oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, yana 50 kishi jarohatlangani xabar berilgan.