Angliya Premyer Ligasida mart oyining eng yaxshisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun Mikel Arteta (“Arsenal”, 2 g‘alaba, bitta durang), Andoni Iraola (“Bornmut”, 3 ta g‘alaba va bitta durang), Yurgen Klopp (“Liverpul”, 2 ta g‘alaba va bitta durang) va Enj Postekoglu (“Tottenhem”, 3 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat) kabi murabbiylar kurash olib boradi.
Shuningdek, liga o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
- Aleksandr Isak (“Nyukasl”) — 4 ta gol va bitta assist;
- Koul Palmer (“Chelsi”) — 3 ta gol, 2 ta assist, 10 ta yaratilgan imkoniyatlar;
- Aleksis Mak Allister (“Liverpul”) — bitta gol va 2 ta assist, 11 ta yaratilgan imkoniyatlar;
- Rodrigo Muniz (“Fulhem”) — 4 ta gol va bitta assist;
- Antuan Semeyno (“Bornmut”) — 3 ta gol va 5 ta yaratilgan imkoniyatlar'
- Son Hyon Min (“Tottenhem”) — 3 ta gol va 2 ta assist.;
- Ben Uayt (“Arsenal”) — bitta gol va 2 ta assist.
G‘olib nomi 8-aprel kuni qilinadi.