UzAutoMotors mashinalar narxlarini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, kompaniya xabaridagi asosiy maqsad mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi dilerlar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi tizimiga o‘tganligini eʼlon qilish edi.
“Hozirda kontraktatsiya jarayonlari olib borilmayotganini inobatga olgan holda, Chevrolet.uz saytida ko‘rsatilgan narxlar 2024-yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan.
Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan”, — deyiladi xabarda.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxlarini oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya mazkur xabarlar yuzasidan tushuntirish berdi. Unda kontraktatsiya uchun ochiladigan qo‘shimcha hajm 2024-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilishi hisobga olgan holda, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5-6,7 foizgacha bo‘lgan oraliqda qayta ko‘rib chiqilishi aytilgan.
Izoh (0)