• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda davlat buyurtmalarini buyurtmachining o‘ziga tegishli kompaniyalar taqsimlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Andijon viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” IK rahbari Muhiddin Qodirov o‘ziga tegishli bo‘lgan Milano Biznes Servis MChJga qariyb 20 milliard so‘mlik qurilishga oid davlat buyurtmalarini olgan. Bu haqda Davlat xaridlari portaliga tayanib “Davletov.uz” Telegram kanali xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muhiddin Qodirov 2009-yilning 18-aprelida ro‘yxatdan o‘tgan va uy-joylar qurilishi bilan shug‘ullanadigan Milano Biznes Servis kompaniyasining yagona ta’sischisi hisoblanadi.

    Foto: Davlat xaridlari portali

    Foto: Davlat xaridlari portali

    To‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xaridlari ma’lumotlariga ko‘ra, Milano Biznes Servis uchta loyiha bo‘yicha pudratchi etib tanlangan:

    • Izboskan tumanidagi 42-sonli maktabni 6,89 milliard so‘mga rekonstruksiya qilish;
    • Jalaquduq tumanidagi “Oyim” ko‘p tarmoqli poliklinikasini 6 milliard so‘mga rekonstruksiya qilish;
    • Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 5-sonli maktabni 6,7 milliard so‘mga rekonstruksiya qilish.
    Hokim o‘rinbosari Ibrojon Xolmatov raislik qilgan konkurs komissiyasining 2019-yil fevraldagi protokolida 5-sonli maktabni rekonstruksiya qilish konkursida Milano Biznes Servis kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Hujjatlarda qolgan ikkita davlat xaridlari bo‘yicha konkurs o‘tkazilgani to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

    Foto: Davlat xaridlari portali

    Foto: Davlat xaridlari portali

    Bundan tashqari “Andijon ihlos qurilish” MChJ Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan amalga oshiriladigan qurilish obyektlari manzilli ro‘yxatidagi taxminan 10,8 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini bajarishga mas’ul qilib belgilangan. Ayni paytda Respublika byudjetidan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshiriladigan manzilli qurilish ro‘yxatidagi 3,2 milliard so‘mlik obyektlar mazkur kompaniyaga berilgan. Shuningdek, mazkur kompaniya Paxtaobod tumanida 26,5 mlrd so‘mlik ikkita 32 kvartirali ko‘p qavatli uyni qurish va tegishli inshootlarni ta’mirlash bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lgan. Tegishli shartnoma 2020-yil 9-noyabrda imzolangan.

    Andijon Ihlos Qurilish MChJ ulushi to‘lig‘icha Qodirov Baxtiyor Abdumannobovichga tegishli. Baxtiyor Qodirovning to‘g‘ridan to‘g‘ri qarindoshi esa shu obyekt bo‘yicha bevosita davlat buyurtmachisi bo‘lgan Andijon viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” IK rahbarining o‘rinbosari — Qodirov Mansurbek Abdumannobovich hisoblanadi.

    “Gazeta.uz”ning aniqlashicha, Andijon Ihlos Qurilish, shuningdek, Shahrixon tumanidagi suv ta’minotini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 4,7 milliard so‘mlik va Ulug‘nor tumanidagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati bo‘linmasining yangi binosini qurish bo‘yicha 2,7 millard so‘mli tenderlarda g‘olib bo‘lgan.

    2020-yilning 30-mart kuni hukumat qarori bilan Andijon viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Rustambek Tojiboyevich Xojiboyev hali ham Ixtisoslashgan Shahrixon Qurilish MCHJ ulushlariga to‘liq egalik qiladi.

    Foto: Davlat xaridlari portali

    Foto: Davlat xaridlari portali

    Mazkur kompaniya amaldorning yangi lavozimdagi davrida ham milliardlik shartnomalarni olishda davom etgan. Masalan, sog‘liqni saqlash sohasida respublika budjetidan bajariladigan 18,73 milliard so‘mlik qurilish obyektlari aynan Rustambek Xojiboyevning kompaniyasiga nasib qilgan. Masalan, 2020-yilning 2-oktabr kuni imzolangan pudrat shartnomasiga binoan, Ixtisoslashgan Shahrixon Qurilish MChJ Shahrixon tumani 2-tug‘uruq majmuasini qariyb 5,6 milliard so‘mga rekonstruksiya qilishi zarur. Bu kompaniya tumandagi 1-tug‘uruq majmuasini ham yakuniy qiymati qariyb 12,8 milliard so‘mga rekonstruksiya qilib keladi.

    “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxs bajariladigan vazifalardan chetlashtirilishi lozim.

    “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga asosan, davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’lum qilishicha, agentlik Andijon viloyatidagi manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlagan.

    Mavzuga doir: Nig‘matilla Yo‘ldoshev yuqori idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid choralari kutilgan natijani bermayotganini ma’lum qildi

    25.12.2020, 12:10   Izoh (0)   13669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu haqda hozircha o‘ylab ko‘rilgani yo‘q”. O‘zbekistonda 25-dekabrdan karantin kuchayishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirildi

    25.12.2020, 11:51

    O‘zbekistondagi saytlar va blogerlarga izohlarda qoldirilgan taqiqlangan ma’lumotlar bo‘yicha xabarnoma yuboriladi

    25.12.2020, 11:37

    Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi 31-dekabrgacha yopildi

    25.12.2020, 11:09

    Samarqand shahrida tezyurar avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

    25.12.2020, 10:50

    Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston yoshlari forumida ishtirok etadi

    25.12.2020, 10:15

    Kosonda ikki oila o‘rtasida yuz bergan janjal o‘g‘lini himoya qilgan otaning o‘limiga sabab bo‘ldi

    25.12.2020, 10:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Sistit — bu uyat emas!

    Reklama | 29 may, 21:00

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.