Gonkongga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni avgust oyida 40 foizga kamaydi. “Kommersant”ning xabar berishicha, bu haqda Gonkong moliya kotibi Pol Chjan ma’lum qildi.
U turistlar oqimining kamayishini 3 oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari bilan bog‘lagan.
“So‘nggi oylardagi ijtimoiy omillar, aniqsa politsiya bilan namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, aeroport va yo‘llarning yopilishi Gonkongning xavfsiz shahar, tijorat, aviatsiya va moliyaviy markaz sifatidagi xalqaro obro‘siga jiddiy zarar yetkazdi. Shuningdek, mahalliy iqtisodiyotga, xususan, turizmga ta’sir ko‘rsatdi”, — degan Chjan o‘zining blogida.
Norozilik namoyishlari ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun sabab o‘tkazilmoqda. Namoyishchilarning fikriga ko‘ra, ushbu qonun Xitoydan Gonkongga qochgan dissidentlarga qarshi qaratilgan. Gonkong ma’muriyati rahbari Kerri Lam 4-sentabr kuni ushbu qonun loyihasini qaytarib oldi. Shunga qaramay, namoyishchilar mitingni to‘xtatmayapti.
Izoh (0)