“Xalq bilan muloqot” guruhi ma’lum qilishicha, Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Alisher Usmonov Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sherobod tuman fuqarolaridan uy-joy masalasida 34 ta, ish bilan ta’minlash uchun 38 ta, ichimlik suvi bo‘yicha 18 ta, qishloq yo‘llarining ahvoli haqida 22 ta, ta’lim va maktabgacha ta’lim borasida 13 ta, kadastr sohasida 16 ta, sog‘liqni saqlash masalasida 8 ta murojaat kelib tushgan.
Kun davomida 238 nafar fuqarolarning shikoyat va arizalari qabul qilinib, ularning 117 tasi yoki 42,7 foizi joyida hal etilgan. Qolgan murojaatlar esa qat’iy nazoratga olinib, tegishli tartibda hal qilish uchun o‘n kun muddat belgilangan.