Chang‘i akrobatikasi bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi birinchi olimpiya chempioni, sovet va O‘zbekiston fristaylisti Lina Cheryazova Rossiyaning Novosibirsk shahrida 23-mart kuni 50 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Sportchi uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng olamdan o‘tgan.
U Novosibirskdagi Kleshchixinskiy qabristonida dafn etiladi, vidolashuv 27-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Lina Cheryazova 1968-yil 1-noyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. U 1989-yilda SSSR termasi tarkibida fristayl bo‘yicha jahon kubogida debyut qilgan.
1994-yilda Norvegiyaning Lillexammer shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiadada O‘zbekiston nomidan qatnashib g‘olib bo‘lgan. Uning oltin medali mamlakat tarixida haligacha yagona bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, u akrobatikada fristayl bo‘yicha birinchi olimpiya chempionidir. Sportchi 1992—1994-yillarda jahon kubogining 13 va 18-bosqichlarida g‘olib bo‘lgan.
Izoh (0)