1-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Yaponiya terma jamoasi Qatar termasiga qarshi musobaqa chempionligi uchun kurash olib bordi.
O‘yinning 12-daqiqasida qatarlik Almuaz Ali Yaponiya termasi darvozasiga “qaychi” uslubida super gol urdi (1:0) va musobaqadagi gollari sonini 9 taga yetkazdi.
27-daqiqada esa Qatar termasi yarim himoyachisi Abdulaziz Hatim uzoqdan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0).
2-bo‘limning 69-daqiqasida Takumi Minamino arablar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi (2:1). 83-daqiqada hakam Ravshan Ermatov tomonidan Yaponiya darvozasiga penalti belgilandi. Akram Afif bundan unumli foydalandi va yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa Qatar termasi Yaponiyani 3:1 hisobida taslim qilib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi.
Osiyo Kubogi—2019
1-fevral, juma
Final bahsi
Yaponiya—Qatar 1:3
Gollar: 0:1 — 12 Almuaz Ali, 0:2 — 27 Hatim, 1:2 — 69 Minamino, 1:3 — 83 Afif.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)