Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 34-turida yana 4 ta bellashuv yakunlandi. Turning markaziy o‘yini uchun Bilbaoga tashrif buyurgan Madridning “Atletiko” klubi Fernando Torresning yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi.
Mazkur g‘alabasidan keyin “Atletiko” ochkolari sonini 79 taga yetkazib, peshqadam “Barselona” bilan tenglashib oldi. Uchinchi pog‘onada borayotgan “Real” 75 ochko jamg‘argan.
So‘nggi turda “Kamp Nou”dan g‘alaba bilan qaytgan “Valensiya” muvaffaqiyatli yurishini davom ettirib, “Eybar”ni yirik hisobda taslim etdi. Bu yangi bosh murabbiy Pako Ayestaranning 4 ta o‘yindagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.“Sevilya” esa 34-turdan keyin La Liganing 4-o‘rniga ko‘tarila olmasligini aniq bo‘ldi. Unai Emeri shogirdlari La Ligadagi ishtirok evaziga Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi. Buning uchun klub endi faqatgina Yevropa Ligasida zafar quchishi kerak bo‘ladi.
Ispaniya La Ligasi 34-tur bellashuvlari20-aprel, chorshanba
“Atletik” — “Atletiko” 0:1
Gol: Fernando Torres, 38 (0:1).“Valensiya” — “Eybar” 4:0
Gollar: Pako Alkaser, 10 (1:0). Pako Alkaser, 28 (2:0). Pako Alkaser, 40 (3:0). Joau Kanselu, 56 (4:0).“Malaga” — “Rayo Valyekano” 1:1
Gol: Raul Baena, 62 (0:1). Federiko Rika, 90+1 (1:1).“Sporting” — “Sevilya” 2:1
Gollar: Visente Iborra, 8 (0:1). Gjegoj Krixovyak, 22-avt (1:1). Ismoil Lopes, 90+1 (2:1).“Real Madrid” — “Vilyarreal”
21-aprel, payshanba“Real Sosyedad” — “Xetafe”“Granada” — “Levante”
Izoh (0)