Toshkentda rejalashtirilgan 9- va 13-tramvay yo‘nalishlari yopilishi amalga oshmadi. 20-aprel, chorshanba kuni tramvaylar qatnovni davom ettirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“Toshkent tramvayi” nashrga ma’lum qilishicha, ushbu tramvaylar harakati yana ikki kunga uzaytirilgan, biroq bu muddat ham o‘zgarishi mumkin.
Nashr ta’kidlashicha, mazkur ikki yo‘nalish yopilishi kutilgan kun — 19-aprelda vagonlar yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘lgan. Odamlar tramvayda so‘nggi sayrni amalga oshirish uchun ataylab farzandlari bilan kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20-apreldan boshlab 9-raqamli (“Toshkent” vokzali — “Chilonzor-26” dahasi) va 13-raqamli (“Toshkent” vokzali — “Qo‘yliq markazi”) yo‘nalishdagi tramvaylar harakatlanishdan to‘xtashi xabar berilgan edi.
Izoh (0)