Qarshining “Nasaf” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi “D” guruhi 5-tur bahslari doirasida 19-aprel, seshanba kuni o‘z maydonida BAAning “Al-Ayn” jamoasini qabul qilmoqda. “Daryo” nashri ayni vaqtda davom etayotgan uchrashuvdan matnli onlayn uyushtirmoqda.
Uchrashuvda hisob 1-daqiqadayoq ochildi. Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasidan so‘ng “Nasaf” himoyachisi Maqsud Karimov “Al-Ayn” darvozasini aniq nishonga oldi.
Bu gol Osiyo Chempionlar Ligasining 2016 yilgi mavsumidagi eng tezkor ikkinchi gol bo‘ldi. Bungacha “A” guruhida qatnashayotgan BAAning “An-Nasr” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga qarshi o‘yinda 1-daqiqada hisobni ochgan, golga braziliyalik hujumchi Nilmar mualliflik qilgan edi.
Izoh (0)