Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinga Germaniyaning Süddeutsche Zeitung nashri Amerikaning Goldman Sachs banki bilan bog‘liqligi haqida noto‘g‘ri ma’lumot yetkazilganligi uchun jazolanganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Rossiya 1” telekanalining boshlovchisi Vladimir Solovyov ko‘rsatuvi davomida Peskovdan ushbu xatolik uchun jazo berilgan-berilmaganligi haqida so‘radi. “Jazolandim”, — deb javob berdi matbuot kotibi.
Boshlovchining gap qaysi jazo turi haqida borayotganligi to‘g‘risidagi savoliga Peskov buni hozircha bilmasligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘z rahbari Vladimir Putinning Süddeutsche Zeitung gazetasi amerikaliklarga aloqadorligi haqidagi bayonoti uchun uzr so‘ragan edi.
Izoh (0)