Bugun, 18-aprel kuni Rossiyaning Buryatiya respublikasida joylashgan “Jerginskiy” qo‘riqxonasida qor ko‘chkisiga yo‘liqqan olti turistning ikki nafari halok bo‘ldi. Bu haqda, RF tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, turistlar Irkutskdan tashrif buyurib, 12-aprel kuni Ust-Barguzin qishlog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan va Ust-Barguzin–Skalnik–Kamennaya krepost yo‘nalishi bo‘yicha safarga chiqqan. 18-aprel kuni guruh a’zolari favqulodda xizmatlar bilan aloqaga chiqib, Barguzin daryosi yuqori oqimida joylashgan Ikat tizmasidan qor ko‘chganini xabar qilgan. Sayyohlarning to‘rt nafari mustaqil ravishda qor qatlami ostidan chiqa olgan. Qidiruv asnosida ular ikki hamrohining jasadini topgan.
Voqea yuzasidan tekshiruvlar boshlab yuborilgan. Ayni paytda qidiruv-qutqaruv otryadi xodimlari guruhi voqea joyiga borishga hozirlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)