Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 33-turida “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etgan Turinning “Yuventus” klubi eng yaqin ta’qibchisi “Napoli”dan 9 ochko ilgarilab ketdi. Bu jamoani ketma-ket beshinchi chempionlik sari yanada yaqinlashtirdi.
O‘z navbatida “Palermo” B seriya uchun qadam tashladi. Mazkur mag‘lubiyatidan keyin klub turnir jadvalida 19-o‘ringa sho‘ng‘idi. “Palermo” vaziyatni o‘nglamasa, Italiya yuqori ligasi bilan xayrlashadi.
Bu turga qadar o‘n to‘qqizinchi bo‘lib turgan “Frozinone” esa so‘nggi o‘rindagi “Verona”ni safarda mag‘lub etib, ochkolari sonini 30 taga yetkazdi. “Palermo”da 28 ochko jamg‘arilgan.
Turning yana bir o‘yinida “Fiorentina” 3 ochkoni qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 59 taga yetkazib oldi. 4-o‘rinda borayotgan “Inter” hisobida 61 ochko bor.
Italiya A seriyasi 33-tur bellashuvlari 17-aprel, yakshanba
Izoh (0)