Nazariy jihatdan Italiya chempionligi uchun imkoniyatlarini saqlab turgan Rimning “Roma” klubi 33-turda “Atalanta” bilan jangovor durang qayd etdi.
Bellashuvning 27-daqiqasiga kelib Luchano Spaletti jamoasi 2 ta gol farqi bilan oldinga o‘tib olgandi. Shundan keyin “Roma” 22 daqiqa ichida 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
Klubni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga 85-daqiqada Franchesko Totti mualliflik qildi. Ma’lumot uchun, shu yilning 27-sentabrida Totti 40 yoshni qarshi oladi va u klubning eng qariya futbolchisi hisoblanadi.
Mazkur turda “Napoli” Milanda mag‘lubiyatga uchraganidan keyin, “Roma”da oradagi farqni qisqartirib olish imkoniyati paydo bo‘lgandi. 33-turdan keyin Neapol klubi 70, “Roma” 65 ochkoga ega.
Italiya A seriyasi 33-tur bellashuvlari 17-aprel, yakshanba
“Atalanta” — “Roma” 3:3
Gollar: Luka Din, 23 (0:1). Radja Naynggolan, 27 (0:2). Marko D’Alessandro, 33 (1:2). Marko Borrello, 37 (2:2). Marko Borrello, 50 (3:2). Franchesko Totti, 85 (3:3).“Roma”: Voysex Shesni, Antonio Ryudiger, Luka Din (Emerson, 33), Kostas Manolas, Ervin Jukanovich (Stefan El-Shaaravi, 53), Daniele de Rossi (Franchesko Totti, 78), Alessandro Florensi, Radja Naynggolan, Muhammad Saloh, Diyego Perotti, Edin Jeko.“Udineze” — “Kyevo”“Fiorentina” — “Sassuolo”“Verona” — “Frozinone”“Yuventus” — “Palermo”“Latsio” — “Empoli”“Sampdoriya” — “Milan”
Izoh (0)