Bugun, 16-aprel kuni Filippin poytaxti Manila shahrida taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun Osiyo saralash turniri boshlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
-80 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich musobaqaning finaliga chiqdi va eng asosiysi Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bugun, 16-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi uchrashuvda o‘zbekiston taekvondochi Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi bahs yuritadi.
Qayd etish joiz, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 61 taga yetdi. Shulardan 25 tasi paralimpiyachilarga tegishli.
Izoh (0)