“Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Benfika”ga (2:2) qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yinidan so‘ng “Real” yetakchisi Krishtianu Ronalduning musobaqa yarim finalida “Benfika”ga qarshi bahs olib borish istagini yo‘qqa chiqarganidan afsusda ekanini aytdi, deb xabar beradi Goal.
“Ronaldu YeChL yarim finalida ‘Benfika’ga qarshi o‘ynamoqchi ekanini bilaman va buning uchun undan uzr so‘rayman”, – deya hazil qildi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Real”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Atletiko” klublari Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)