O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova Xitoyning Shenchjen shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 50 ming dollarga teng ITF turkumidagi tennis turnirining chorak finalchisiga aylandi, deb xabar beradi “Olamsport”.
21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davrada xitoylik Jing-Jing Luga qarshi bahs olib bordi. Bir soatu bir daqiqa davom etgan bellashuvda 6:1, 6:3 hisobi qayd etilib, Sharipovaning foydasiga hal bo‘ldi va u chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada O‘zbekiston vakili mezbon tennischi Lin Chjuni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubyatga uchratgandi.
Musobaqaning chorak finalida Sabina Sharipova xitoylik Chang Lyuga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)