12-aprel, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi harbiy gospitalda ikki nafar hamshiraning jasadi topildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ularni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan uch nafar harbiy xizmatchi, jumladan, Mojayskiy nomli harbiy-kosmik akademiya talabasi qidirilmoqda.
“G‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar qidiruvini olib bormoqda. Ular gospitalning psixiatriya bo‘limi bemorlari bo‘lgan”, — deya ma’lum qildi okrug matbuot xizmati.
Izoh (0)