Arseniy Yatsenyuk Ukraina bosh vaziri lavozimidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda uning bayonotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
“Men Ukraina bosh vazirligi vakolatlarini zimmamdan soqit qilishga qaror qildim. 12-aprel, seshanba kuni qaror Oliy radaga kiritiladi”, — deydi Yatsenyuk.
“Pyotr Poroshenko blokining parlament fraksiyasi hukumat rahbari lavozimiga Vladimir Groysman nomzodini ilgari surdi. Yo‘nalishning barqarorligi va izchilligini ta’minlash uchun Ukraina hukumati rahbarligi majburiyatlarini topshirish haqidagi qarorimni ma’lum qilaman”, — dedi Yatsenyuk.
Izoh (0)