O‘zbekistonda Apple kompaniyasining eng ixcham smartfoni — iPhone SE sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.
Poytaxtdagi mobil texnika bozorlari sotuvchilari so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilmaning paydo bo‘lishi xaridorlar orasida shov-shuv keltirib chiqarmagan, bunga modelning dastlabki narxi juda baland ekanligi sababchidir, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 21-martda rasman namoyish etilgan iPhone SE 12 megapikselli qo‘sh vspishkali kamera bilan jihozlangan, u 63 megapikselgacha bo‘lgan panoramali tasvirni tushirish, shuningdek, 4K sifatidagi videolarni olishga qodir. Apple qurilmada ancha tezkorroq Wi-Fi va LTE bo‘lishini, batareyasi esa iPhone 5S’dan ko‘ra ko‘proq vaqt ishlashini va’da qilmoqda.
Toshkentda iPhone SE 3,9—4 million so‘m narxda taklif qilinmoqda.
AQShda esa iPhone SE’ning narxi 16 gigabaytli versiya uchun 399, 64 gigabaytlisi uchun esa 499 dollarni tashkil etadi. Smartfon uchun oldindan buyurtmalar 24-martda ochildi, savdolar esa 31-martda boshlandi.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)