Afg‘oniston poytaxtida 11-aprel, dushanba kuni yuz bergan portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Khaama Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Yasama portlovchi qurilma Kobulning sharqiy qismidagi Bagrami tumanida hukumat mansabdorlariga qarashli avtomobil yaqinida ishga tushgan. Agentlikning ta’kidlashicha, portlash ta’lim vazirligida xizmat qiluvchilarga qaratilgan bo‘lgan.
Portlash uchun javobgarlikni Afg‘onistondagi guruhlardan hech biri zimmasiga olmagan.
Izoh (0)