Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining 33-turini yirik mag‘lubiyat bilan yakunlagan “Manchester Yunayted” zaxirasidagi o‘yinlarni qo‘shib hisoblaganda ham mavsum yakuniga qadar “Lester”ga yeta olmaydi. Bu haqda “Chempionat” xabar berdi.
Shu tariqa Klaudio Ranyeri boshchilik qilayotgan “Lester” Yevropa Chempionlar Ligasining 2016/17-yilgi mavsumida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Mavsum yakuniga qadar “Lester” qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar, endilikda 4-pog‘onadan pastga tushib ketmaydi.
33-turdan keyin “Lester” 72 ochko bilan APL turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinda borayotgan “Tottenhem” 65 ochkoga ega.
“Tottenhem”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatidan keyin “Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini katta xavf ostiga qo‘ydi. Avvalroq, “MYu” Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, futbolchilarning oylik-maoshi kamaytirilishi xabar berilgandi. Shuningdek, bu holat bosh murabbiy Lui Van Galning iste’fosiga sabab bo‘lishi mumkinligi borasidagi taxminlar ham yo‘q emas.
Izoh (0)