Braziliya fuqarolarining ko‘pchilik qismi nafaqat mamlakat prezidenti Dilma Russeff, balki vitse-prezident Mishel Temerga nisbatan ham impichment g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Datafolha ijtimoiy markazi tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalari dalolat beradi, deb xabar beradi “TASS”.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, braziliyaliklarning 61 foizi Russeffni lavozimidan chetlatish fikrini bildirgan. Bu ko‘rsatkich mart oyining o‘rtasida o‘tkazilgan shu kabi so‘rovnoma natijasidan yetti foizga kamroqdir.
Temerga nisbatan impichmentni qo‘llab-quvvatlab Markaziy Amerika mamlakati fuqarolarining 58 foizi ovoz bergan. Shu bilan bir paytda, Braziliya qonunchiligiga muvofiq, milliy yetakchi chetlatilgan taqdirda aynan vitse-prezident mamlakatni kelgusi saylovlarga qadar boshqarishi lozim.
Braziliyada keyingi prezidentlik saylovlari 2018-yilda o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)