Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 4-turidan joy olgan “Nasaf” — “Al-Jaish” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Sabri Lyamushi matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb yozadi “Championat.asia”.
“Jamoam ko‘rsatgan o‘yin va qayd etgan natijadan qoniqdim. Asosiy maqsadimiz gol o‘tkazib yubormaslik edi. Biz esa buni uddaladik”, — deb so‘z boshladi fransiyalik murabbiy. — “Biz keyingi bosqich haqida emas, navbatdagi ikki raqib haqida bosh qotiramiz. “Nasaf”ga bugungi o‘yinda Sardor Rashidov, Romarinyo, Hamdallah kabi yuqori darajali futbolchilar yetishmadi”.
Sabri Lyamushi “Nasaf”ning navbatdagi o‘yini borasida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi: — “‘Al-Ayn’ning fantastik muhit hukmron bo‘lgan ‘Nasaf’ stadionidagi o‘yinini tomosha qilish men uchun qiziq. Unda Qarshi klubining imkoniyatlari yaxshi. O‘sha qiziqarli uchrashuvni kuzatishga harakat qilaman”, — deydi “Al-Jaish” ustozi.
“Nasaf”ning Osiyo Chempionlar Ligasi 5-turidan joy olgan “Al-Ayn”ga qarshi o‘yini 19-aprel kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)