Xonanda Munisa Rizayeva 3-aprel kuni dugonasi va uning o‘g‘li bilan sayr qildi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida fotoxabar qoldirgan, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Xonanda ijtimoiy tarmoqqa joylagan suratda tizzasida yosh bola bilan avtomobil rulini ushlab turganini ko‘rish mumkin. “Bugun biz kichkintoy bilan yomg‘ir ostida sayr qilyapmiz”, — deya surat ostiga xonanda tomonidan izoh qoldirilgan.
Surat Instagram foydalanuvchilari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimdir bola bilan mashina boshqarishni qoralagan bo‘lsa, boshqa foydalanuvchilar bolakayning kimligiga qiziqqan. Munisa Rizayeva aksariyat savollarga javob qaytargan.
Jumladan, xonanda bolakayning kimligi haqidagi savolga javob berarkan: “Bu dugonamning o‘g‘li. Hali turmushga chiqmaganman, shunday ekan, bu bola qanday qilib mening o‘g‘lim bo‘lishi mumkin?!”, — deb yozdi.
Munisa Rizayevaning rulda bolakay bilan o‘tirgani bilan bog‘liq holatga suratdagi bolaning onasi javob bergan. Uning aytishicha, suratga olingan paytda mashina to‘xtab turgan. Shuningdek, u odamlardan bag‘rikengroq bo‘lishni so‘ragan.