Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot chog‘ida Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga Tog‘li Qorabog‘da harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, Erdo‘g‘on yuzaga kelgan vaziyatda YeXHT Minsk guruhi harakatsizligini ham tanqid qilib o‘tdi.
“Afsuski, YeXHT Minsk guruhi hamraislarining arman-ozarbayjon mojarosini tartibga solishdagi harakatsizligi bizni ayni kundagi vaziyatga olib keldi”, — deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yana qurolli qarama-qarshilikka borganidan afsusda ekanligini bildirgandi.
Izoh (0)