Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirining final bellashuvida, -81 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Elshod Rasulov qozog‘istonlik Adilbek Niyazimbetovga qarshi jang o‘tkazdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, uch raundlik jangda Elshod Rasulov 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Kecha, 31-mart kuni Elshod Rasulov yarim final bahsida qirg‘izistonlik Yerkin Adilbek uluni ikkinchi raundda nokautga uchratib, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Hasanboy Do‘smatov (-49 kilogramm), Shahobiddin Zoirov (-52 kilogramm) va Shahram G‘iyosov (-69 kilogramm) Sian An shahridagi turnirning oltin medaliga ega bo‘lgandi.
Izoh (0)