Liviyaning Misurata shahri portida bugun, 31-mart kuni ikkita portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ikkita kemaga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan qurol-yarog‘ va o‘q-dori ortilgan bo‘lgan. Portlovchi moddalar harakatga kelishi oqibatida kemalarda portlash yuz bergan.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.