Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ebola bezgagi tufayli joriy etilgan xalqaro favqulodda holat rejimini bekor qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Mazkur rejim deyarli 20 oy davomida amal qilgan edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Margaret Chenning aniqlik kiritishicha, bu virusning G‘arbiy Afrikadagi jamoat sog‘lig‘iga ortiq tahdid qilmasligini anglatadi.
Shunga qaramasdan, u ogohlikning yuqori darajasini saqlash va infeksiya tarqalishi ehtimolining oldini olish uchun tezkorlik bilan harakat qilish zarurligini ta’kidladi.
Ebola bezgagi Gvineyada 2013-yilning dekabrida avj olgan edi. Uning oqibatida uchta mamlakatda jami 11,3 ming kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)